Янгиликлар

26-27 mart kunlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» doirasidagi navbatdagi tadbirlarda Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shaxrining Ichan qal’a majmuasida milliy qòģirchoq òyinlari xamda «58-Xon» maydon tomoshasini namoyish etishdi. Xaftalikning sòngi ikki kunidagi madaniy tadbirlarga jami 450 nafar tomoshabin jalb qilindi.

«27-mart — Xalqaro teatr kuni » munosabati bilan Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida tantanali bayram tadbiri òtkazilib, mazkur sana kòtarinki kayfiyatda nishonlandi.
Tadbirni teatr direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib borib, butun jamoani qutlab, qizģin muborakbod qildi.
Sharafli soxa vakillarining kelgusi ijodlariga omad, yangi — yangi ijod maxsullari bn Yangi Òzbekistonimizga xizmat qilish borasidagi faoliyatlariga rivoj tiladi.

25-mart «Teatr tomoshalari xaftaligi»ning navbatdagi kunida Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri rassomlarining kòrgazmasi namoyishi òtkazildi. Mazkur kòrgazmada liboslar va eskizlar namoyish qilinib, teatr ijodkori M.Arislanbayevaning ijodiy ishlaridan namunalar keng ommaga taqdim etildi.

24-mart –xaftaligning navbatdagi kunida teatr ijodkorlari Xiva shaxrining Ichan qal’a xududi bo’ylab Qo’g’irchoqlar aravasi badiiy qompozitsiyasi asosida milliy qo’g’irchoq o’yinlarini namoyish qilishdi. Ushbu tomoshaga 160 nafar tomoshbin jalb etildi.

23-mart –xaftaligning navbatdagi kunida teatr jamoasi Xiva shaxrining Ichan qal’a majmuasida “58-Xon” maydon tomoshasini namoyish etishdi. Unda 70 nafar tomoshbin ishtirok etdi.