2021 -yil 30 -sentyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga Germaniyadan bir gurux san’at soxasi mutaxassislari: Xoreograf Xelena Valdmann, teatr rejissyori Arnd Vazemannlar tashrif buyurdi. Ularga teatr ijodkorlari tomonidan YUNESKO nomoddiy madaniy merosi ròyxatiga kiritilgan qadimiy Lazgi raqsining turli kòrinishlari ijro etilib, òziga xos maxorat darsi òtkazildi. Yakunda nemis mutaxassislari olgan taassurotlari tòģrisida tòlqinlanib sòzlab berishdi va minnatdorchilik bildirishdi.
2021-yil 30 — sentyabrda Xorazm viloyati qo’g‘irchoq teatrida “1-oktyabr -Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Ustozlarga, fidoyi faxriylarga teatr ma’muriyati nomidan bayram tuxfalari taqdim qilindi. Ularga extirom ko’rsatilib, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov o’z ijodidan namunalar o’qidi. Shuningdek, teatr aktyorlari ustozlarni madx etuvchi she’rlardan ishtirokchilar e’tiboriga xavola qilishdi.
Shu bilan birga tadbirning badiiy qismida ustoz va murabbiylar xamda boshqa qatnashchilar uchun milliy folklor namunalari asosidagi konsert dasturi xam taqdim etildi.
2021-yil 27-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 29- ijodiy mavsumi ochilishi bo’lib o’tdi. Unda yosh tomoshabinlar uchun Evelina Aripovaning “Sexrli oltin qush ” spektaqli premeras taqdim qilindi.
27 сентября 2021 года открылся 29-й творческий сезон Хорезмского областного театра кукол. Юным зрителям была представлена премьера спектакля Эвелины Ариповой «Волшебная птица Алтын куш».
On September 27, 2021, the 29th creative season of the Khorezm Regional Puppet Theater opened. The premiere of Evelina Aripova’s «Magic Golden Bird» was presented to young audiences.
27-sentyabr Xalqaro turizm kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahrining «Ichan qal’a» muzey qòriqxonasi xududida teatrlashtirilgan maydon tomoshalarini namoyish etib, katta madaniy tadbir ishtirokchilariga xushnudlik ulashdi.
Turkiyaning Anqara shaxrida chop etilgan «Turksoy-Òzbekiston » nomli kitobda Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining Xalqaro festivallardagi yutuqlariga baģishlangan suratlar va ma’lumotlar e’lon qilindi.