Янгиликлар

2025-yil 27-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida taniqli ijodkor aktrisa va rejissyor Sh.Sapayeva boshchiligida «Bilak uzuk» spektaklining sahnalashtirish ishlari davom ettirildi.

2025-yil 26-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida «Ochiq eshiklar kuni» o’tkazildi. Tadbirga Nuroniylar kengashining Xiva tuman bo’limidan bir guruh xodimlar taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonlarga teatr haqida qisqacha ma’lumot, teatrning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida atroflicha axborot berildi. Tashrif buyuruvchilardan tushgan savollarga to’liq va qoniqarli javob berildi. Tadbir yakunida Kofe-breyk tashkil qilindi. Yuqoridagi «Ochiq eshiklar kuni» ning o’tkazilishida Madaniyat vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy reglamentga asoslanildi.

2025-yil 16, 23- noyabr — yakshanba kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02-11-30-3716-sonli xatiga asosan Prezidentimizning 2025-yil 19-iyuldagi PF- 95-son farmoni 3-ilovasi 31-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Oila kuni» tadbirlari doirasida mahallalardan aholini jalb qilgan holda teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi. Shuningdek, mazkur tadbirlar doirasidagi ikkinchi yakshanbada (23-noyabr kuni ) taniqli aktrisa Sh.Sapayeva hamda aholi vakillari o’rtasida uchrashuv tashkil etilib, «Parvona» spektaklidan lavhalar taqdim etildi. Tadbir davomida teatr ijodkori O.Ibrohimov tomonidan milliy kuy qo’shiqlar ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

2025-yil 25-noyabr kuni Qozogiston Respublikasi Chimkent shahri «Tamgali» teatri jamoasi Xorazm viloyati qo’girchoq teatri tomosha zalida «Находчивый Стригун» spektaklini namoyish etib, ruscha talqindagi quvnoq sahna asari bilan tomoshabinlarni xushnud etishdi.

2025-yil 22-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishdi.