Янгиликлар

2022-yil 26-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’girchoq teatri jamoasi maxsus reja-grafik asosida viloyat markazi Urganch shaxridagi markaziy archa atrofida Yangi yil dasturi doirasidagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan Urganch shaxri axolisi va mexmonlari uchun madaniy ko’ngilochar xizmatlarini taqdim etishdi.

2022 -yil 26 -dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida kirib kelayotgan yangi 2023-yil munosabati bilan jamoaning barcha a’zolari raģbatlantirilib, xodimlarga bayram sovģlari ulashildi.

2022- yil 23, 24, 25- dekabr kuni Xorazm viloyati qòğirchoq teatri jamoasi «Yangi yil ertagi» deb nomlangan bayram dasturi tomoshalarini namoyish etdi.
23- dekabr kuni teatr jamoasi Urganch aeroportida » Prezident sovģalari»ni Xorazm viloyatiga yetib kelishi munosabati bilan òtkazilgan tantanali marosimda ertak qahramonlari qiyofalarini aks ettirib, faollik kòrsatishdi. Shuningdek, Urganch shaxridagi aloxida e’tiborga muxtoj bolalar ta’lim — tarbiya oladigan 26-son MTTda xayriya tomoshalarini taqdim etishgan bòlsa, 25- dekabrda Urganch shaxridagi bayram yarmarkasida chiqishlar qilishdi.
26-dekabrdan teatr jamoasi Urganchda Markaziy archa atrofidagi bayram dasturlari doirasidagi madaniy tadbirlarda teatrlashtirilgan tomoshalar bilan ishtirokini boshladi.

2022-yil 22-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatr repertuar rejasining III-choragiga kiritilgan davlat buyurtmasi asosidagi D.Yusupovning «Jaloliddin Manguberdi» spektakli (rejissyor Shomurod Yusupov) ning badiiy kengash va jamoatchilik ko’rigiga taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotda Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i X.Sapaev, Xiva Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi direktori Sh.Madaminov, Xiva shaxar Madaniyat uyi raxbari M.Madrimova, teatr san’ati soxasi yetuk mutaxassislari: O’zbekiston Xalq artisti G.Raximova, S.Qodirov, O. Abdullayev, M.Quryazov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O.Ismailov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi saxna asari badiiy kengashi tomonidan yuksak baxolanib, kengash ishtirokchilarining e’tirofiga sazovor bo’ldi.

2022-yil 15 -17 dekabr kunlari Xorazm viloyatii qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi tajribali rejissyor Shomurod Yusupov boshchiligida «Jaloliddin Manguberdi» spektakli repetitsiyasi jarayonlarini yana davom ettirishdi. Respublikamiz poytaxtidan jalb etilgan teatr soxasi yetuk mutaxassislarini Shomurod Yusupov xamda malakali rassom Mòtabar Ròzmetovaning saxnalashtirish jarayonidagi òziga xos tajribasi xamda iqtidori teatrning yosh xodimlari uchun maxorat darsi vazifasini xam òtadi. Tajribali rejissyor va rassomning fidoyiligi, jamoa bilan xamjixatligi tufayli gòzal bir san’at asari yaratilish arafasida turibdi.