Янгиликлар

2022-yil 14 -dekabr kuni Xorazm viloyatii qo’g’irchoq teatrida 2022-yil repertuar rejasiga kiritilgan davlat buyurtmasi asosidagi «Jaloliddin Manguberdi» spektaklining sahnalashtirish jarayonlari qizg’in davom ettirildi. Tajribali rejissyor Shomurod Yusupov boshchiligida ijodiy guruh jadallik bilan repetitsiya jarayonlarini o’tkazmoqda. Teatr saxnalashtirish bo’limida qo’g’irchoq ustalari xamda rassomlar va boshqa mutahassislar qizg’in ish olib borishmoqda.

Xorazm viloyatii qo’g’irchoq teatrida 2022-yil repertuar rejasiga kiritilgan davlat buyurtmasi asosidagi «Jaloliddin Manguberdi» spektaklining sahnalashtirish jarayonlari boshlandi. Mashg’ulotlar poytaxtdan jalb qilingan respublika miqyosidagi maxoratli va tajribali rejissyor Shomurod Yusupov boshchiligida olib borilmoqda.

2022-yil 7-dekabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri bosh rejissiyori Gulbaxor Yusupova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan » O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI «estadilik nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu esdalik nishoni Viloyat xokimligida tantanali ravishda topshirildi.

2022-yil 7-dekabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida «8-dekabr- Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Uni teatr direktori Davronbek Atabayev kirish sòzi bilan ochib, jamoani qomusimizning 30 yiligi bilan muborakbod qildi. Shuningdek, konstitutsiyaviy xuquq, burch va majburiyatlar tòģrisida atroflicha tòxtaldi. Tadbirda teatr adabiy bòlim mudiri D.Yusupov va kasaba uyushma boshlanģich tashkiloti rayisi Y.Allaberganovlar xam sòzga chiqib, asosiy qonunimizning xayotimizdagi axamiyati borasida ma’ruza qilishdi.