2026-yil 6-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuaridagi eng sara spektakllar namoyish etildi. Sarguzashtlarga boy va qiziqarli sahna asarlari tomoshabinlarga katta taassurotlar bag’ishladi.


@Xorazmkukol
2026-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni» munosabati bilan katta tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Uni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev ochib berdi. Tadbirda teatrning erkak xodimlari nomidan jamoaning xotin-qizlari uchun eng samimiy va ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, onalarni, ayollarni va qizlarimizni ulug‘lovchi kuy- qo‘shiqlar ijro etilib, she’rlar o‘qildi. Yakunda bayram sohibalariga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri 20-son umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Oltin kalitcha» spektakli namoyish etildi. Spektakl o‘quvchi bolalarda katta taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol
Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 13-fevraldagi “Xorazmda teatr oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yil 5-mart kuni teatr ijodkorlari “Xorazmda teatr oyligi” doirasida Yangariq tumanidagi 15-son, Bog‘ot tumanidagi 14-son hamda Xazorasp tumanidagi 13-son Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishdi.
Ushbu ijodiy uchrashuvlarda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, qiziquvchilar uchun qo‘g‘irchoqlar harakati bo‘yicha mahorat darslari (master klass) tashkil etildi.
Teatr ijodkorlarining “Xorazmda teatr oyligi” doirasidagi ijodiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi safarlari yana davom ettadi.

@Xorazmkukol
2026-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida o‘zbek she’riyatining malikasi-Zulfiyaxonim tavalludi va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan katta tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatiga keng to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, shoira she’riy asarlaridan parcha o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirning yuqori saviyada tashkil etilgani munosabati bilan butun ijodiy jamoaga ayniqsa teatr yoshlari yetakchisi Z. Shonazarovaga ma’muriyat tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

@Xorazmkukol