Янгиликлар

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan Xiva shahrining Ichan Qal’a majmuasida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun namoyish etiladigan teatrlashtirilgan maydon tomoshalarining navbatdagi mavsumiga start berildi.  Tomoshalar sayyohlik mavsumi davomida muntazam tarzda har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) o‘tkazib boriladi.

2026-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari «Xorazmda teatr oyligi» doirasida Xiva shahridagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 12-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etishdi.  Tadbir jarayonida teatr san’ati,  jumladan qo‘g‘irchoq teatri to‘g‘risida qatnashchilarga ma’lumot berildi.
Shuningdek,  uchrashuv davomida qo‘g‘irchoqlar vositasida mahorat darslari o‘tkazildi.

2026-yil 3-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari «Xorazmda teatr oyligi»  doirasida Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Ogahiy ijod maktabiga ijodiy safar uyushtirib,  mazkur ta’lim maskanlaridagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuv jarayonlarida o‘quvchilarning teatr san’atiga oid savollariga javob berilib,  mahorat darslari tashkil etildi.

2026-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva tumanida «Yangi O‘zbekiston Madaniyat markazi» ning tantanali ochilish tadbirida faol ishtirok etishdi.

 

2026-yil 3-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2026-yil repertuar rejasining I choragiga belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ekspertlar kengashi a’zolaridan iborat Badiiy kengashga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari-mutaxassislar K. Isomova va O. Kapadzelar yangi spektakl to‘g‘risida iliq fikrlarini bildirib, o‘z tavsiyalarini ham berishdi. Muhokama natijasiga ko‘ra yangi spektakl bir ovozdan qabul qilindi.