2021 — yil 10 — sentyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shaxridagi Ogaxiy ijod maktabida ma’naviy — ma’rifiy mavzuda uchrashuv òtkazishdi. Tadbirni Òzbekiston Yozuvchilar ijodiy uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov olib bordi. Uchrashuv davomida ijodkorlar ijrosida teatrda saxnalashtirilgan spektaqllardan lavxalar namoyish etildi. Shuningdek, teatr va kino aktyori teatrning iqtidorli yoshlaridan Elyorbek Atabayev xamda Muxtorbek Masharipov , Abduyoz Matchanovlar òquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Teatr xodimi Rustambek Ollaquliyev ijrosida mumtoz qòshiqlar yangragan bòlsa Otabek Ismailov xamda Ergash Matkarimovlar yangi sherlardan òqib berishdi tadbir yakunida maktab va teatr òrtasida kelgusida xam xamkorlik qilishga kelishib olindi.
2021-yil 8-sentabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri aktyori, bugungi kunda kino soxasida xam o’z iqtidorini namoyish qilayotgan yosh istedod soxibi Elyorbek Atabaev “MY5” telekanalining “Omon omon” dasturi mexmoni bo’ldi. Bir qancha muvaffaqiyatli rollari qatorida yaqinda Abdulla Qodiriy obrazini kinoda talqin etgan ijodkor ko’rsatuv boshlovchilarining bu boradagi, shuningdek, teatr va kinoga oid savollarga atroflicha javob qaytardi.
2021-yil 1-sentyabr kuni Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi tantanalarida qatnashayotgan Fransiya Senati a’zolari Xiva shaxriga xam tashrif buyurishdi.Yuksak martabali mexmonlarni kutib olish marosimida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari munosib ishtirok etishdi. Shuningdek, mexmonlar teatr ijodkorlari ijrosida qòģirchoqlar aravasi kompozitsiyasi xamda «58-Xon » teatrlashtirilgan maydon tomoshasidan baxramand bòlishdi. Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi yurtimiz axlini Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qizģin muborakbod etadi!
021-yil 30-31- avgust kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xiva shaxrining «Ichan qal’a» xududida xamda «lokomotiv » istiroxat boģida òtkazilgan madaniy tadbirlarda òz chiqishlari bilan faol ishtiroq etishdi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri direktori Davronbek Atabayev va аdabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov «Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» kòkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Teatr jamoasi nomidan ustozlarimizni unvon bilan tabriklaymiz