021 yil 12 noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi «Keksalar turizmi oyligi » doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida kòxna shaxarga tashrif buyurgan Qoraqalpoģistonlik nuroniylarni tantanali kutib olish tadbirlarida qòģirchoq òyinlari va badiiy chiqishlari bilan faol qatnashdi.
Butun respublikamiz bòylab davom etayotgan «Yashil makon» «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi xam uyushqoqlik bilan qatnashib, mevali kòchatlar òtkazishdi.
2021 yil 4 -noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy jamoasi, Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qòmondoni boshchiligidagi delegatsiyaning Òzbekistonga tashrifi doirasida yuksak martabali mexmonlarning Xiva shaxrining Ichan -qal’a xududida kutib olishda faol qatnashdi. Shuningdek, «Kòxna ark» majmuasida «58-Xon» maydon tomoshasi namoyish etildi
2021 yil 30 oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodiy jamoasi Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida kòxna shaxarga tashrif buyurgan SHXT vakillaridan iborat nufuzli mexmonlar delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimida faol qatnashdi. Shuningdek, mexmonlar uchun milliy qòģirchoqlar vositasidagi chiqishlar bilan birga repertuardagi «58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasi xam namoyish etildi.
2021 yil 27-28 oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva tumani umumiy òrtata’lim maktablarida «Ur tòqmoq», «Bolari» va «Mansur qurjoq tomoshalari» spektaqllarini namoyish etdi. Shu tariqa teatrning tuman maktablari bòylab òtkazgan ijodiy sapara taassurotlarga boy tarzda nixoyasiga yetdi.