Янгиликлар

2025-yil 15-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida yangi yil dasturi doirasidagi tadbirlar davom ettirilgan holda, yangi sahnalashtirilgan «Yangi yil tilagi» spektakli namoyish etildi.  Unda Xiva shahridagi 9- son umumiy o‘rta talim maktabi o‘quvchilari ishtirok etib,  keng taassurotlarga ega bo‘lishdi.

🎭🎭🎭
TEATRIMIZDA YANGI YIL

✅Xorazm viloyati Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 10-dekabrdan 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar, «Yangi yil tilagi» nomli spektakli bilan bolajonlar uchun  yangi yil teatr tomoshasini namoyish etadi.

Murojaat uchun:
📞(91)422-22-29
📞(91)433-34-56

🗓 Barchangizni teatr tomoshalariga taklif etamiz

2025-yil 14 — dekabr kuni Xiva shahar Arda Khiva Markaziy Archa atrofida “Xorazm palovi” osh festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari ertak qahramonlari obrazini gavdalantirgan holda faol ishtirok etmoqdalar.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yilga bag‘ishlangan bayramona dasturga start berildi. 2025-yil 12-13 dekabr kunlari mazkur bayramona dastur doirasida yangi yil sarguzashtlariga boy, qiziqarli «Yangi yil tilagi» spektakli namoyish etilib, tomoshalarga Maktabgacha va maktab ta’lim tizimiga kiruvchi o‘quv muassasalaridan bolalar va o‘smirlar jalb qilindi.

2025-yil 10-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayorgan Siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda teatrning barcha ijodiy va texnik xodimlari ishtirok etishdi. Siyosiy ma’rifat soatida bugungi kun uchun dolzarb mavzular hamda Davlat Madhiyasi to‘g‘risida roliklar tomosha qilinib, tahliliy suhbat o‘tkazildi.