Янгиликлар

2026-yil 27-mart kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning yettinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi  “Laylak va qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov rejissyor G.Yusupova)  spektakli namoyish etildi.

Tomashaga 120 nafar tomoshabin jalb qilindi.

Teatr jurnalining 2026-yilgi birinchi sonida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri oliy toifali aktyori Zulfizar Shonazarova to‘g‘risida «Zulfizarning ijodiy yutuqlari» nomli maqola e’lon qilindi.

✨ Muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar va teatr ijodkorlari!

🎭 Sizlarni 27-mart — “Xalqaro teatr kuni” bilan sidqidildan tabriklaymiz!
👏 Siz azizlarning sahnadagi betakror ijodingiz, ulkan mas’uliyat talab qiluvchi fidokorona xizmatingiz nafaqat bayramlarda, balki har kuni, har daqiqa olqishlashga munosibdir.

✨ Shunday ekan, bundan keyingi ijodiy faoliyatingizga rivoj tilab, sizdan yangidan yangi ijod mahsullarini kutib qolamiz. Doimo sog‘- salomat bo‘ling!

Hurmat bilan,
🎭 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri

2026-yil 25-mart kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning beshinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi  “Anjuman” (Muallif R.Matniyazova, rejissyor G.Yusupova)  spektakli namoyish etildi.
Tomashaga 62 nafar tomoshabin jalb qilindi.

🎭 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri barcha teatr ixlosmandlari, aziz bolajonlar hamda ularning ota-onalarini  26-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Teatr haftaligi” doirasida namoyish etiladigan ajoyib va maroqli spektakliga taklif etadi.

🌈 Spektakllar mutlaqo bepul.

🌐 Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati