Янгиликлар

2026-yil 24-mart kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi “Teatr tomoshalari haftaligi” ning to‘rtinchi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududdida  “Xon va saroy a’yonlarining yurishi» maydon tomoshasini namoyish etishdi.

2026-yil 23-mart kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi “Teatr tomoshalari haftaligi” ning uchinchi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududdidagi Kalta minor me’moriy obidasi old maydonida “Milliy qo‘g‘irchoq tomoshalari”ni namoyish etishdi.

2026-yil 22-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning ikkinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi “Quvnoq tomosha” (Muallif D.Yuldasheva, rejissyor G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

2026-yil 21-mart — Navro‘z bayrami sanasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan Qal’a majmuasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli «Navro‘z sayli» tantanalarida o‘zlarining teatrlashtirilgan chiqishlarida faol ishtirok etishib, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

🎭Teatr ixlosmandlari diqqatiga Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadigan “Teatr tomoshalari haftaligi»ga taklif etamiz.

🗓 2026-yil 21–27 mart kunlari teatr tomosha zalida quyidagi spektakllar namoyish etiladi:

🟢 21-mart | 11:00 – “Do‘stlik bog‘i”
🟢 22-mart | 11:00 – “Quvnoq tomosha”
🟢 23-mart | 11:00 – “Hurshni eplolmagan kuchuk”
🟢 24-mart | 11:00 – “Anjuman”
🟢 25-mart | 11:00 – “Bolari”
🟢 26-mart | 11:00 – “Ming bir kecha tushlari»
🟢 27-mart | 11:00 – «Laylak va qo‘riqchi»

📌 Manzil: Najmiddin Kubro ko‘chasi
📞 Telefon: +998 97 089 96 96
Barcha san’at ixlosmandlarini teatrimizga taklif etamiz.