Янгиликлар

26-dekabr kuni Ko‘zi ojizlar jamiyati Xiva shahar bo‘limi ishchi xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun yangi yil bayram dasturi doirasida teatr tomosha zalida “Yangi yil ertagi” spektakli namoyish etildi.

2025-yil 25-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida yangi yil munosabati bilan xodimlarni viloyatdagi kasaba uyushma birlashgan tashkiloti nomidan sovg’alar bilan taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, teatr rahbariyatining tashabbusi bilan bir guruh 2025-yil davomidagi ijodiy faoliyati e’tirof etilgan xodimlar alohida taqdirlanishdi.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri oliy toifali aktyori Xursandbek Saipov «Yurt Faxri — 2025» ilmiy -amaliy ko’rik — tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur ko’rik — tanlov tashkilotchilarining e’tirofini ifoda etuvchi «TASHAKKURNOMA» hamda maxsus ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, xodimning faoliyatini qo’llab — quvvatlab, ilmiy izlanishlariga imkon yaratib bergan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ma’muriyatiga ham «TASHAKKURNOMA» taqdim etildi.

2025-yil 23-24 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Yangi yil tomoshalari» spektaklini namoyish etishdi.

2025-yil 22-23 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi «Arda Khiva» turistik majmuasida yangi yil bayram dasturi doirasida navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan aholi vakillari va shahar mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatishdi.