Янгиликлар

2026-yil 14-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida respublikamiz bo‘ylab boshlangan umumxalq hayriya xashari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ozodalik tadbirlari o‘tkazildi. Xasharda jamoaning barcha xodimlari faollik bilan ishtirok etishdi.

@Xorazmkukol

2026-yil 12-mart payshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Yoshlar kuni» doirasida teatrning yoshlar ishlari bo‘yicha yetakchisi tashabbusi bilan SHASHKA bo‘yicha musobaqa tuzildi. Musobaqa tegishli reglament asosida tashkil etilib, unda jamoaning mazkur sport turiga qiziquvchi xodimlari ishtirok etdi. Yakunda musobaqa g‘oliblariga sovg‘alar taqdim qilindi

@Xorazmkukol

2026-yil 12-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri 2-son umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Oltin kalitcha» spektakli namoyish etildi.  Spektakl o‘quvchi bolalarda katta taassurot qoldirdi.

@Xorazmkukol

2026-yil  10-11 mart kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol