Янгиликлар

2025-yil 24-25-26 noyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Ko‘shko‘pir tumani MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun repertuardagi «G‘oz jo‘jasi» spektakli namoyish etildi.

2025-yil 26-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Yong’in xavfsizligi  va tibbiyot tizimi vakillari ishtirokida  qo’shma tushintirish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida favqulotdda xolatlarda qanday yo’l tutshi, fuqora birinchi tibbiy yordamga extiyoj sezganida qanday — chora — tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko’rsatmalar va maslaxatlar berildi.

2025-yil 27-noyabr kuni teatrning Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tuzilmasi mas’uli S.Kenjayev tomonidan oylik doirasida korrupsion hatarlarni oldini olish va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2025-yil 27-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida taniqli ijodkor aktrisa va rejissyor Sh.Sapayeva boshchiligida «Bilak uzuk» spektaklining sahnalashtirish ishlari davom ettirildi.

2025-yil 26-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida «Ochiq eshiklar kuni» o’tkazildi. Tadbirga Nuroniylar kengashining Xiva tuman bo’limidan bir guruh xodimlar taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonlarga teatr haqida qisqacha ma’lumot, teatrning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida atroflicha axborot berildi. Tashrif buyuruvchilardan tushgan savollarga to’liq va qoniqarli javob berildi. Tadbir yakunida Kofe-breyk tashkil qilindi. Yuqoridagi «Ochiq eshiklar kuni» ning o’tkazilishida Madaniyat vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy reglamentga asoslanildi.