Янгиликлар

2025-yil 16, 23- noyabr — yakshanba kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomosha zalida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02-11-30-3716-sonli xatiga asosan Prezidentimizning 2025-yil 19-iyuldagi PF- 95-son farmoni 3-ilovasi 31-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Oila kuni» tadbirlari doirasida mahallalardan aholini jalb qilgan holda teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi. Shuningdek, mazkur tadbirlar doirasidagi ikkinchi yakshanbada (23-noyabr kuni ) taniqli aktrisa Sh.Sapayeva hamda aholi vakillari o’rtasida uchrashuv tashkil etilib, «Parvona» spektaklidan lavhalar taqdim etildi. Tadbir davomida teatr ijodkori O.Ibrohimov tomonidan milliy kuy qo’shiqlar ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

2025-yil 25-noyabr kuni Qozogiston Respublikasi Chimkent shahri «Tamgali» teatri jamoasi Xorazm viloyati qo’girchoq teatri tomosha zalida «Находчивый Стригун» spektaklini namoyish etib, ruscha talqindagi quvnoq sahna asari bilan tomoshabinlarni xushnud etishdi.

2025-yil 22-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishdi.

2025-yil 22-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yil tomoshalari dasturiga kiritilgan «Yangi yil tilagi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 20-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida taniqli va iste’dodli aktrisa Shukurjan Sapayeva hamda mahallalardan tashrif buyurgan aholi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jonli muloqot tarzida olib borilib, kino va teatr san’atining millat taraqqiyoti yo‘lidagi o‘rni to‘g‘risida keng to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv davomida aktrisa aholi vakillaridan tushgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun «Parvona» spektaklidan lavhalar ijro etildi.