Янгиликлар

2025-yil 19-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida taniqli aktrisa Shukurjon Sapayevaning Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Teatr va kino studiyasi» ni tashkil etishiga bag‘ishlangan muhokama jarayonlari o‘tkazildi. Jarayonda teatr badiiy kengashi a’zolari va teatr jamoasi ishtirok etib, yangi loyiha bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirishdi.

2025-yil 19-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Xiva shahar «Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati» raisi R. Karimov teatr jamoasi bilan uchrashuv tashkil qildi. Unda «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» gi qonunning mohiyati hamda yuqoridagi jamiyat bilan teatr o‘rtasida imzolanadigan manfaatli kelishuv bayonnomasi to‘g‘risida so‘z bordi.

2025-yil 18-noyabrda-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir «Bir vatan, bir el, bir bayroq» shiori ostida o‘tkazildi.

2025-yil 17-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yil tomoshalari dasturiga kiritilgan «Yangi yil tilagi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 14-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida poytaxtning «Diydor» teatr-studiyasi ijodkorlari tomonidan «Bizning Charli» spektakli namoyish etildi. Spektakl keng tomoshabinlar ommasida juda katta taassurot qoldirdi.