2026-yil 27-mart kuni Xiva shahridagi Arda Xiva turistik markazida yangi sayyohlik mavsumining ochilishiga bag’ishlangan katta bayramona dasturda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi faol ishtirok etidi. Tadbirda teatr ijodkorlari tomonidan «Xon va saroy a’yonlarining yurishi», Milliy qo’g’irchoq o’yinlari va boshqa teatrlashtirilgan tomoshalar taqdim etildi. Katta tadbir tashkillashtirilgan hudud teatrning katta va kichik hajimdagi qo’g’irchoqlari bilan bezatilgani ayniqsa tadbirga o’zgacha shukux bag’ishladi.

2026-yil 27-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning yettinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi “Laylak va qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov rejissyor G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.
Tomashaga 120 nafar tomoshabin jalb qilindi.

Teatr jurnalining 2026-yilgi birinchi sonida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri oliy toifali aktyori Zulfizar Shonazarova to‘g‘risida «Zulfizarning ijodiy yutuqlari» nomli maqola e’lon qilindi.

✨ Muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar va teatr ijodkorlari!
🎭 Sizlarni 27-mart — “Xalqaro teatr kuni” bilan sidqidildan tabriklaymiz!
👏 Siz azizlarning sahnadagi betakror ijodingiz, ulkan mas’uliyat talab qiluvchi fidokorona xizmatingiz nafaqat bayramlarda, balki har kuni, har daqiqa olqishlashga munosibdir.
✨ Shunday ekan, bundan keyingi ijodiy faoliyatingizga rivoj tilab, sizdan yangidan yangi ijod mahsullarini kutib qolamiz. Doimo sog‘- salomat bo‘ling!
Hurmat bilan,
🎭 Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri

2026-yil 25-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning beshinchi kunida aholi vakillari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi “Anjuman” (Muallif R.Matniyazova, rejissyor G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.
Tomashaga 62 nafar tomoshabin jalb qilindi.
