2025-yil 25-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar umumiy o‘rtata’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Ona zamin» spektakli namoyish etilib, o‘quvchilarga olam-olam zavqu shavq ulashishdi.

@Xorazmkukol
Ekaterinburglik sayyoh 2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib teatr ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, spektakl namoyishlari jarayonlarida ishtirok etdi. Mehmon mamnuniyat bilan teatrning faxriy mehmonlar kitobiga o‘z iliq taassurotlarini ham yozib qoldirdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun repertuardagi «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnalashtirish bo‘limida navbatdagi spektakllarni sahnalashtirish uchun zarur bo‘ladigan qo‘g‘irchoqlar, rekvizitlar va liboslarni tayyorlash bo‘yicha qizg‘in ish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

@Xorazmkukol
2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida vokal bo‘yicha repititor Oybek Ibrohimov boshchiligida teatr ijodkorlari o‘rtasida navbatdagi vokal bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
