Янгиликлар

2025-yil 30-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangiariq tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram dasturi doirasida tadbirlarda teatrlashtirilgan chiqishlari bilan qatnashib, yangi yil bayramiga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

2025-yil 29 dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch Temir yo‘l vokzali ishchi- hizmatchilari uchun bayram dasturi doirasidagi tomoshalarini namoyish qilishdi.

2025-yil 29-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch shaxridagi Harbiy qismda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yangi yil tomoshalaridan iborat bayramona dasturlarini namoyish etishdi.

2025-yil 28-dekabr yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi tadbirlar ham davom ettirilib, yangi yil shukuhiga hamoxang tarzda tomoshabinlar uchun «Yangi yil ertagi» spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 26-27 dekabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi Markaziy archa atrofida yangi yil bayram dasturi doirasida navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari bilan aholi vakillari va shahar mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatishdi.