2025-yil 18-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun «Nigox» NNT bilan ikki tomonlama shartnoma asosida teatr repertuaridagi «Do‘stlik bog‘i» spektakli namoyish etildi.

2025-yil 14-oktyabr kuni teatrda Xiva shahridagi 20-sonli umumiy o‘rtata’lim maktabi o‘quvchilari uchun spektakl namoyishi ochiq dars shaklida tashkil etilib, namoyish oldidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazildi.Unda o‘zbek tilining salohiyati, betakrorligi va uning rivoji yo‘lida Alisher Navoiy dahosining roli to‘g‘risida so‘z bordi.
16-oktyabr kuni teatr tomosha zalida “21-oktyabr –O‘zbek tili bayrami” ga bag‘ishlab “So‘z latofati” mavzusida ma’rifiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi. Uni faxriy ustoz, san’atshunos mutaxassis Davlatnazar Yusupov olib bordi. Tadbir davomida O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘zbek tilidagi so‘z latofatining sehri haqidagi go‘zal e’tiroflari xususida suhbatlashildi.

2025-yil 14-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch tumani MTTlarda jajji bolajonlari uchun repertuardagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

2025-yil 14-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar umumiy o‘rtata’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etilib, o‘quvchilarga olam-olam zavqu shavq ulashishdi.

2025-yil 13-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a majmuasi hududida bir guruh nufuzli mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek, mazkur mehmonlar uchun Ko‘hna Ark majmuasida «Xon qabuli» teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.
