Янгиликлар

2025-yil 28-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «Turon teatri» tanlovining Xiva shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Teatr tomosha zalida Xiva shahar ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan yoshlar o’z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tanlov hay’ati tarkibidan o’rin olgan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining soha bo’yicha yetuk mutaxassislari ishtirokchilarning chiqishlarini baholab borishdi.

2025-yil 28-fevral  kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri xodimlari  «Milliy liboslar kuni» doirasida navbatdagi ish kunini millatimiz yuzi va faxri bo’lgan milliy liboslarimizda, jumladan o’zbekona do’ppilar hamda milliy naqshlarni o’ziga jo qilgan chopon va nimchalarda boshlab, qadriyatlarimizga bo’lgan hurmatlarini shu tarzda ifoda etishdi.

2025-yil 27-fevral kuni Xorazm viloyati  qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida   Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun repertuarimizdan o‘rin olgan   “Laylak va Qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov, rejissor: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

2025-yil 26-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar va tumani FVV bo‘limi tizimidan tashrif buyurgan tomoshabinga “Laylak va Qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov, rejissor: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.