Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari farzandlari uchun boshqarmada quvonchli va esda qolarli tadbir tashkil etildi.
Bu safar bolajonlar uchun Xorazm qo‘g‘irchoq teatri jamoasi mehmon bo‘lib, ularning sevimli qahramonlari ishtirokida qiziqarli va ibratli spektakl namoyish etildi.
Tadbir davomida bolalar kulgu, quvonch va zavqga to‘ldi. Teatr jamoasining mahoratli chiqishlari kichkintoylarda ijobiy tuyg‘ular, ezgulik va mehr-muruvvatga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.


2025-yil 6-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a majmuasi hududida Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek, mazkur mehmonlar uchun Xon va saroy a’yonlarining yurishi teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son
Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
2025-yil 6-noyabr kuni Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xorazm viloyatiga
ijodiy safarlari doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan iliq va tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar “BADJAXL QUYONCHA” spektaklini
namoyish etishdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Oltin kuz» iqtidorli yoshlar forumida ishtirok etib, «Layli va Majnun» (Alisher Navoiy dostoni asosida Xaytimmat Rasul inssenirovkasi, rejissor O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shomurod Yusupov) spektaklini namoyish etib, 1—o‘rinni egallashdi. Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining butun jamoasiga va teatr san’ati ixlosmandlariga mazkur yutuq muborak bo‘lsin!

@Xorazmkukol