Янгиликлар

#Konstitutsiya_kuni

2025-yil 6-dekabr kuni «8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tadbir tashkil etildi. Unda asosiy qonunimizning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarining kafolati ekanligi to‘g‘risida so‘z bordi.

Teatr jamoasi butun yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan muborakbod qiladi!

2025-yil 4-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Yangi yil tomoshasi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2025-yil 5-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatrning kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Markaziy osiyo yangi davr ostonasida» maqolasidagi strategik yo‘nalishlar undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi. Shuningdek, kasaba uyushmasining bir yillik faoliyati tahlil qilindi.