Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son

Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

2025-yil 27-oktyabr kuni Qoraqalpoq qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xorazm viloyatiga

ijodiy safarlari daoirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan iliq va tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar “TOZALIK SOG‘LIK GAROVI” spektaklini

namoyish etishdi. Spektakl namoyishi Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining tomosha zalida bo‘lib o‘tdi.

 


@Xorazmkukol

2025-yil 25-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar  umumiy o‘rtata’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Ona zamin» spektakli namoyish etilib, o‘quvchilarga olam-olam zavqu shavq ulashishdi.

@Xorazmkukol

Ekaterinburglik sayyoh 2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib teatr ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, spektakl namoyishlari jarayonlarida ishtirok etdi. Mehmon mamnuniyat bilan teatrning faxriy mehmonlar kitobiga o‘z iliq taassurotlarini ham yozib qoldirdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun repertuardagi «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnalashtirish bo‘limida navbatdagi spektakllarni sahnalashtirish uchun zarur bo‘ladigan qo‘g‘irchoqlar, rekvizitlar va liboslarni tayyorlash bo‘yicha qizg‘in ish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

@Xorazmkukol