Янгиликлар

2025-yil 22-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida vokal bo‘yicha repititor Oybek Ibrohimov boshchiligida teatr ijodkorlari o‘rtasida navbatdagi vokal bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

21-oktyabr- O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Qadring baland bo‘lsin ona tilim!» shiori ostida «Ona tilim-faxrim» tantanali ma’rifiy ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirni teatr direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda davlat tilining nufuzini oshirish masalasi tadbirning asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi. Unda millat ruhini ulug‘lashda davlat tilining roli xususida so‘z bordi. Qahramon shoirlarimiz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov she’rlaridan, buyuk bobokalonimiz Navoiy, ma’rifatparvar Cho‘lponning asarlaridan parchalar o‘qildi.

2025-yil 21-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar  umumiy o‘rtata’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Ona zamin» spektakli namoyish etilib, o‘quvchilarga olam-olam zavqu shavq ulashishdi.

2025-yil 20-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurgan Xorijiy sayyohlar teatr tomosha zalida spektakl tomosha qilish bilan birga «Sahna ortiga sayohat» nomi ostidagi ekskursiya tadbirlarida ishtirok etib, katta taassurotlarga ega bo‘lishdi. Teatr ichki hududini mutaxassislar hamrohligida aylanib chiqqan xorijlik mehmonlar ushbu qiziqarli jarayonlardan juda mamnun bo‘lganliklarini bildirishdi.