Янгиликлар

2025-yil 27-avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida repertuar rejaning 2025-yil III choragiga belgilangan Aleksey Tolstoy asari asosida Rashid Cho‘qqiyev inssenirovka-O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Xadjayev sahnalashtirgan «Oltin kalitcha» spektaklining teatr ichki badiiy kengashiga taqdimoti va ko‘rigi o‘tkazildi. Unda teatr sanati sohasining yetakchi mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi sahna asari ma’qullandi. Madaniyat vazirligi xuzuridagi badiiy kengashga yaqin kunlar ichida taqdim etilib, ijobiy xulosa olinganidan keyin repertuarga kiritishga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qilindi.

@Xorazmkukol

Teatr repertuar rejasi 2025-yil III choragiga belgilangan R.Cho‘qqiyevning  «Oltin kalitcha» pesasini sahnalashtirish jarayonlari yakuniy bosqichga yetib keldi.  Teatr ishlab chiqarish sexida yasalib  ijodiy guruhga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan eng oxirgi qo‘g‘irchoqlar ham deyarli tayyor holatga keltirildi.

@Xorazmkukol

Teatr repertuar rejasi 2025-yil III choragiga belgilangan R.Cho‘qqiyevning «Oltin kalitcha» pesasini sahnalashtirish jarayonida zarur bo‘ladigan dekorasiya, spektakl qahramonlarining liboslari va boshqa jixozlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar teatr ishlab chiqarish sexida qizg‘in olib borilmoqda.

@Xorazmkukol

2025-yil 22-23 avgust kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Umumxalq xayriya hashari» doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham teatr binosi oldi maydonidagi yo‘laklar, yashil hududlar va boshqa joylarda tegishli tartibda tozalash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, faollik ko‘rsatishdi.

@Xorazmkukol