#ochiqeshiklar
“OCHIQ ESHIKLAR” KUNIGA MARHAMAT
🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
Qadrli teatr ihlosmandlari!
Aziz bolajonlar!
🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34- yilligi munosabati bilan
🎭Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida tashkil etilayotgan ”Ochiq eshiklar” kuniga barcha bolajonlar va ota-onalarni taklif etamiz.
Unda vatanparvarlik ruhidagi tarixiy «JALOLIDDIN MANGUBERDI» spektakli namoyish etiladi.
Barchangizni kutib qolamiz.
🔖TEATRGA KIRISH MUTLAQO BEPUL.
📱Murojat uchun telefon:➡️➡️➡️➡️ +99891 422 22 29
✅ Manzil: Xiva shahri Najmiddin kubro ko‘chasi Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri:
🌐Xorazm viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati.
@Xorazmkukol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasi III choragiga belgilangan R. Cho‘qqiyevning «Oltin kalitcha» pesasining sahnalashtirish jarayonlari 2025-yil 21-avgust sanasida ham qizg‘in davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor Fatxulla Xadjayev boshchiligida jarayonlar professional darajada olib borilmoqda.

@Xorazmkukol
2025-yil 21-avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining Ichan Qalʼa majmuasida xorijlik yuqori martabali mehmonlarni kutib olish marosimida Xon qabuli maydon tomoshasi hamda milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etgan holda munosib ishtirok etishdi.

@Xorazmkukol
🎺🎺🎺🗣🗣🗣🔈🔈🔈Qadrli teatr ixlosmandlari, aziz xamshaharlar va shahrimiz mehmonlari.🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭Barchangizni 2025-yil 12-sentyabr kuni⏳⏳⏳⏳soat 11:00 da Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 33-ijodiy mavsumni ochilishiga lutfan taklif etamiz. Mavsum ochilishida U.Otajonovning 🌅🌅🌍🌍🪐🪐»ONA ZAMIN» spektakli namoyish etiladi. Manzilimiz: Xiva shahri Najminddin kubro ko‘chasi,Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi.Murojaat uchun telefonlarimiz📞📞☎️☎️ +99891 422 22 29
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasi III choragiga belgilangan R. Cho‘qqiyevning «Oltin kalitcha» pesasini chitka (o‘qish) jarayonlari boshlandi. Teatrga respublikamiz poytaxti Toshkent shahridan taniqli va tajribali rejissor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Xadjayev tashrif buyurgan bo‘lib, mazkur sahna asari ushbu malakali mutaxassis tomonidan sahnalashtiriladi.
