Янгиликлар

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024- yil 25-dekabr kuni yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan yangi dastur asosida bayramga xos sarguzashtlarga boy spektakllar bilan Xiva shahridagi MTTlarda mehmon bo‘lib, bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishda davom etmoqda. Shuningdek, teatrning tomosha zalida Xiva shaxri o‘rta maktablaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun B. Matniyazovning «Qorboboga maktub» spektakli namoyish etildi.

2024-yil 25-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahrida Viloyat musiqali drama teatrida tashkillashtirilgan «Prezident archasi» tantanalarida faol ishtirok etib, katta bayramona dasturga tashrif buyurgan yoshlar o‘smirlar va bolajonlarni kutib olish jarayonlariga haqiqiy bayramona shukuh bag‘ishlashdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan yangi dastur asosida bayramga xos sarguzashtlarga boy spektakllar bilan Xiva shahridagi MTTlarda mehmon bo‘lib, bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishda davom etmoqda. Shuningdek, teatrning tomosha zalida Xiva shaxri o‘rta maktablaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun B. Matniyazovning «Qorboboga maktub» spektakli namoyish etildi.

2024-yil 22-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatring bir guruh ijodkorlari viloyatning eng chekka hududlaridan biri Tuproqqal’a tumanidagi «Sarimoy» mahallasida joylashgan 11-sonli maktabda o‘tkazilgan bayramoldi katta tadbirda ishtirok etishdi. Viloyat hokimi J.Raximov tashrif buyurgan mazkur tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari ham tashkil qilinib, teatr ijodkorlari tomonidan unda qatnashayotgan aholi vakillariga teatrlashtirilgan chiqishlar taqdim etildi.

2024-yil 21-dekabr kuni Xiva shaxridagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, B. Matniyazovning yangi yil sarguzashtlariga boy bo‘lgan «Qorboboga maktub» spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi.