@Xorazmkukol
@Xorazmkukol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori D.Atabayev 2024-yil 21-25 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt- Peterburg shahri va Kareliya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida 22-noyabr kuni Sankt- Peterburg davlat musiqali komediya teatrida “Весёлая вдова” musiqali spektakli namoyishida, 23-24 noyabr kunlari Kareliya Respublikasi teatrlari bilan “Opera VITA” Xalqaro teatr festivalining tantanali yopilishi marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, teatrlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijodiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat musiqali komediya teatri, KUKART Xalqaro festivali hamda Kareliya Respublikasi Petrozavodsk qo‘g‘irchoq teatri bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasida Memorandumlar imzolandi. Memorandumlarni Sankt – Peterburg davlat musiqali komediya teatri nomidan teatr bosh direktori Y.A.Shvarskopf, KUKART Xalqaro Festivali nomidan festival Prezidenti D.S.Burman, Kareliya Respublikasi Petrozavodsk qo‘g‘irchoq teatri nomidan L.N.Vasilevalar, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri nomidan teatr direktori D,Atabayevlar imzolashdi.

2024-yil 29-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil repertuarga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» (Rej Sh. Yusupov) spektaklini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutahassislari ishtirokidagi Badiiy Kengashga topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Vazirlik vakillarining yakuniy xulosasiga ko‘ra spektakl ijobiy baholanib, ommaviy tarzda namoyish etishga va repertuarga qabul qilishga ruhsat berildi.

2024-yil 27-28 noyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yil repertuariga kiritilgan X. Rasulning «Layli va Majnun» pessasini yetakchi ustoz rejissor Sh.Yusupov boshchiligidagi sahnalashtirish jarayonlari yakuni bosqishga yaqinlashib qoldi.

O‘ZDSMI Sahna harakati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti O.Ostanina Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlar uchun mahsus mahorat darslari o‘tkazdi. Maxorat darslari davomida teatr ijodiy jamoasi o‘z tajribasini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning uchun teatr san’ati sohasini nazariy va amaliy jihatdan yetuk bilimdoni hisoblangan O.A.Ostaninaga jamoa nomidan chuqur minnaddorchilik bildiramiz.