Янгиликлар

2024-yil 19-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga respublikamizdagi eng yetakchi va boy tajribaga ega rejissorlardan biri, mahoratli ustoz Shomurod Yusupov tashrif buyurdi. Mehmon teatr binosida jamoa tomonidan ijod ahliga xos kuy — qo‘shiq sadolari ostida tantanali va iliq tarzda kutib olindi.

2024-yil 18-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan sana munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda davlat ramzlarining ahamiyati hamda jonajon vatanimiz bayrog’idagi ranglarning mazmun mohiyati xususida aktyorlar tomonidan chiroyli sahna ko’rinishlari taqdim etildi.

 

2024-yil 11-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Xiva shahridagi MTTlardan bolajonlar tashrif buyurib, keng va ko‘rkam tomosha zalida repertuardagi eng qiziqarli spektakllardan hisoblangan «Ona mexri»
(E. Xushvaqtov) sahna asarini tomosha qilishdi.