Янгиликлар

2024-yil 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Parlament va mahalliy kengashlarga o’tkazilayotgan saylovlar doirasida Ichan Qal’ada tashkil etilgan targ’ibot tadbirlarida Xon va saroy a’yonlari qiyofalarini aks ettirgan holda, shuningdek milliy qo’g’irchoq o’yinlarini namoyish etishib, tadbirga bayramonalik shukuhini bag’ishlashdi.

2024-yil 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi viloyatdagi madaniy muassasalar bilan birgalikda Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida bo’lishib, buyuk alloma maqbarasini ziyorat qilishdi.

2024-yil 9-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Xiva shahridagi o’rta umumta’lim maktablari o’quvchilari tashrif buyurib, repertuardagi Yozef Ladaning «Sehrli olma» spektaklini tomosha qilishdi.

Joriy yil 7-8 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Ibrohim Sodiqov inssenirovkasi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Fatxulla Hodjayev tomonidan sahnalashtirilgan «Turna pati» spektaklini xorazmlik teatr san’ati ixlosmandlari uchun namoyish etishadi. Mazkur spektakl namoyishlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining tomosha zalida o’tkazilib, Xiva shahridagi o’rta umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya oluvchi bolalar uchun xursandchilik laxzalari va keng taassurotlar ulashildi. Yakunda qashqadaryolik qo’g’irchoq san’ati ustalari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlanishdi.

2024-yil 7-oktyabr kuni Xorazm viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurgan Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida jamoa tomonidan iliq va tantanali tarzda kutib olindi.
7-8 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Ibrohim Sodiqov inssenirovkasi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Fatxulla Hodjayev tomonidan sahnalashtirilgan «Turna pati» spektaklini xorazmlik teatr san’ati ixlosmandlari uchun namoyish etishadi.