2024 — yil 28-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatr ijodkorlari O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab «Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz» shiori ostidagi Xiva shahri miqyosida Farovon mehmonxonasida o’tkazilgan bayram telefestivalida munosib ishtirok etishdi.
2024 yil 28-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab Xorazm viloyati Urganch shahrida o’tkaziladigan viloyat miqyosidagi hamda Xiva shahrida o’tkaziladigan bayram tantanalari oldidan tashkil etilgan yakuniy bosqichdagi repetitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishdi.
2024-yil 27-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab Xiva tumanida o’tkazilgan tantanali bayram tadbirda buyuk ajdodlarimiz siymolarini gavdalantirgan holda teatrlashtirilgan chiqish qilib, shodiyonaga o’zgacha fayz bag’ishlashdi.
2024 — yil 27-28 avgust kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahridagi bir qator MTTlarda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishdi.
🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2024 — yil 23 — avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri o’zining 32-ijodiy mavsumini Bolgariyalik rejissor Xristo Stoychev tomonidan sahnalashtirilgan teatr repertuar rejasining II choragiga kiritilgan » LAZGI » spektakli bilan boshladi. Yangi spektakl namoyishi oldidan teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev hamda teatr adabiy bo’lim mudiri Davlatnazar Yusupovlar so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini o’ziga hos bayram — navbatdagi ijodiy mavsumning tantanali ochilishi bilan qizg’in qutladi. Mazkur tantanada kattayu kichik teatr ixlosmandlari qatnashishdi.