Янгиликлар

2024 — yil 28-iyun kuni «BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI» doirasida o’tkazilayotgan nufuzli tadbir ishtirokchilari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurib, teatr repertuaridagi D. Yusupovning tarixiy vatanparvarlik ruhidagi «Jaloliddin Manguberdi» (Rejissor: Sh. Yusupov) spektaklini tomosha qilib, bir olam taassurotlarga ega bo’lishdi.

🎭🎭🎭🎭🎭

2024 — yil 27-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida «Butunjahon yoshlar festivali» doirasidagi tadbir  qatnashchilarini tantanali kutib olish tadbirlarida faol ishtirok etishdi.

@Xorazmkukol

🎭🎭🎭🎭🎭🎭

 

 

2024-yil 26-iyunda  “Xalqaro giyohvandlikka  qarshi kurash kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatr rejissor yordamchisi Farog‘at Saitnazarova tomonidan sahnalashtirilgan “Qora qilmish” nomli sahna ko‘rinishi namoyish qilindi.  Unda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ta’sirli voqealar yaqqol ifoda etildi.

Shuningdek, 25-26 iyun kunlari teatr tomosha zali va joylarda o‘tkazilgan spektakllar namoyishi oldidan jamoaning yetakchi aktyorlari tomoshabinlar bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etishib, yuqoridagi sahna ko‘rinishidan parchalar namoyish etishdi.

 

 

 

@Xorazmkukol

🎭🎭🎭🎭🎭

2024 — yil 25-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Mug’uliston Respublikasi Prezidentining tarixiy Xiva shahrining Ichan qal’a xududiga tashrifi munosabati bilan tantanali kutib olish tadbirlarida alohida faollik ko’rsatishib, teatrlashtirilgan tomoshalar va badiiy kompozitsiyalarni ijro etishdi.

@Xorazmkukol
Khivapuppets.uz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 — fevraldagi PQ-112 son — qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi  Xorazm viloyatiga belgilangan gastrol safari doirasida 2024 — yil 25-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi tomosha zalida «Matonatli yurak» spektaklini namoyish etishdi

@Xorazmkukol
Khivapuppets.uz