Янгиликлар

2024-yil 10-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Yangiariq tumani «Uchqun»  hamda Xazarasp tumani «Mehrli maskan» oromgohlarida dam olayotgan bolalar tashrif buyurib teatrning tomosha zalida repertuardagi «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini tomosha qilib, maroqli hordiq chiqarishdi.

2024-yil 10-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Bolgariya Respublikasining Sofiya shahridan «Слеза и смех» teatri rejissori Xristo Stoychev tashrif buyurdi. Bolgariyalik teatr mutaxassisi Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosi oldida tantanali tarzda kutib olindi. Shu kuniyoq Xristo Stoychev teatr repertuar rejasi II choragiga kiritilgan «Lazgi afsonasi» spektaklini sahnalashtirish yuzasidan dastlabki jarayonlarga kirishdi.

2024-yil 8-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Yangibozor tumani Mdaniyat va istirohat bog’ida o’tkazilgan «Ezgulik shiorimiz- ma’rifat qurolimiz» mavzusidagi katta tadbirda teatrlashtirilgan tomoshalar, qo’g’irchoq o’yinlari hamda teatr repertuaridagi «Anjuman» spektaklini namoyish etishib, qatnashchilarga yuqori kayfiyat bag’ishlashdi.

2024 — yil 7 — iyun kuni Bog’ot  tumanidagi «Yoshlik» bolalar oromgoxida hordiq chiqarayotgan bolajonlar Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosidagi ko’rkam tomosha zalida repertuardagi «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini tomosha qilishdi.

2024 — yil 5- iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shaxrining tarixiy markazi Ichan Qal’a me’moriy majmuasiga tashrif buyurgan bir guruh mehmonlarni kutib olish tadbirida faollik ko’rsatishdi. Shuningdek, mehmonlar uchun Ko’hna ark majmuasida «Xon qabuli» teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etishdi.