Янгиликлар

2025-yil 3-aprel kuni Xorazm viloyatiga Qashqadaryo viloyati qòĝirchoq teatri jamoasining ijodiy safari doirasidagi tashrifi amalga oshirildi.Qashqadaryolik ijodkorlar Xorazm viloyati qòĝirchoq teatrida tantanali tarzda kutib olindi va shu kuni teatr tomosha zalida Qashqadaryo viloyati qòĝirchoq teatri ijodkorlari tomonidan «Tulporning jasorati» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

«27-mart-Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan katta tantanali tadbir va taqdirlash marosimida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri truppa bo‘yicha rejissor yordamchisi Davronbek Ismailov hamda teatrning II toifali aktyori Rohatoy Matyaqubovalar ishtirok etishdi. Teatrning mazkur ikki nafar fidoyi xodimiga Madaniyat vazirligining maxsus «TASHAKKURNOMA»si hamda qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

2025-yil 27-mart kuni «Teatr tomoshalar haftaligi» ning so‘ngi kunida Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qal’a majmuasi hududida shahar aholisi hamda mehmonlari uchun «Qo‘g‘irchoqlar aravasi» badiy kompozitsiyasi namoyish etildi.

 

@Xorazmkukol