@Gastrol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Sirdaryo viloyatiga ijodiy gastrol safari doirasida 2025-yil 3-mart kuni Sayhunobod tumanidagi «Jajji bilag‘on» nomli MTTda teatr repertuaridagi I.Lukyanovaning «Karvon saroy» spektaklini namoyish etishib bolajonlarga zavq va ma’naviy ozuqa ulashishdi.
@Xorazmkukol
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri
2025-yil 28-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «Turon teatri» tanlovining Xiva shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Teatr tomosha zalida Xiva shahar ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan yoshlar o’z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tanlov hay’ati tarkibidan o’rin olgan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining soha bo’yicha yetuk mutaxassislari ishtirokchilarning chiqishlarini baholab borishdi.
2025-yil 28-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri xodimlari «Milliy liboslar kuni» doirasida navbatdagi ish kunini millatimiz yuzi va faxri bo’lgan milliy liboslarimizda, jumladan o’zbekona do’ppilar hamda milliy naqshlarni o’ziga jo qilgan chopon va nimchalarda boshlab, qadriyatlarimizga bo’lgan hurmatlarini shu tarzda ifoda etishdi.
2025-yil 27-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun repertuarimizdan o‘rin olgan “Laylak va Qo‘riqchi” (Muallif B.Rahimov, rejissor: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.
