Янгиликлар

2024-yil 29-may kuni Xorazm viloyati qo’girchoq tetri  ijodkorlari Ichan qal’aga tahrif buyurgan mexmonlar uchun qo’g’irchoq o’yinlari va teatrlashtirilgan maydon tomoshalarini namoyish etgan xolda madaniy xizmat ko’rsatishdi.
@Xorazmkukol

2024-yil 24- may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Xiva shahridagi 2- sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teatr repertuaridagi Davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2024-yil  23-24 may kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25-dekabrdagi “Axoliga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri  ijodiy jamoasi 2024 yil 21-22 may kunlari Navoiy viloyati bo’ylab teatr repertuaridagi I. Lukyanovaning “Karvon saroy”    bilan ijodiy gastrol safarida bo’lishib, Navoiy shahri va Navbahor tumanida jami 600dan ortiq tomoshabinga madaniy xizmat ko’rsatishdi. Ijodkorlar safarni muvaffaqiyatli yakunlab bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

@Xorazmkukol

2024 yil 20 may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shaharlaridagi umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda MTTlarda teatr repertuaridagi «Anjuman» va «Quvnoq tomosha» spektakllarini namoyish etishib yosh tomoshabinlarga ma’naviy ozuqa ulashishdi.

@Xorazmkukol