Янгиликлар

2024 — yil 18 — may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash tuzilmasi rahbariyati ishtirokida mavzuga oid davra suhbati tashkil etildi. Unda teatr jamoasiga Korrupsiyaga doir qarorlar, qonun xujjatlari hamda korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvining oqibatlari xaqida keng tushuncha berildi.

@Xorazmkukol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25-dekabrdagi “Axoliga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri  ijodiy jamoasi 2024 yil 21-may sanasidan boshlab Navoiy viloyati bo’ylab teatr repertuaridagi I. Lukyanovaning “Karvon saroy” (sahnalashtiruvchi rejissyor Sh.Jabbarov)spektakli  bilan ijodiy gastrol safarini boshladi.

Safarning dastlabki kunida viloyatning Navbahor tumani  hududida joylashgan MTT larda spektakl namoyishlari taqdim etildi. Teatr tomoshalari namoyishi mazkur viloyat bo’ylab  22-may kuni ham davom ettirilmoqda.

@Xorazmkukol

2024-yil  20-21 may kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol

2024 — yil 17-may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida repertuar rejaning I choragiga kiritilgan O.Mixaylovning «Bahor sog’inchi» spektaklini Badiiy Kengash ko’rigidan o’tkazish jarayoni bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutaxassislari hamda sohaning yetuk vakillaridan iborat bo’lgan Badiiy Kengash a’zolari yangi spektaklni ma’qullab, premyeraga ruhsat berish bo’yicha ijobiy qaror chiqarishdi.

@Xoramkukol

2024-yil  15-16 may kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

@Xorazmkukol