2024 — yil 1- may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva tumanidagi OMTTda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.
2024 — yil 1- may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva tumanidagi OMTTda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.
Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi qurilishi davom etmoqda. Ayni kunlarda binoning ichki va tashqi pardoz ishlari bo’yicha dastlabki jarayonlar boshlanmoqda.
2024-yil 29- aprel kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida o’tkaziladigan Lazgi 2024 Xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimidagi madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, Xalqaro miqyosdagi festival qatnashchilariga ulkan taassurotlar bag’ishlashdi.
2024-yil 29-aprel kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining repertuar rejasi I-choragiga kiritilgan O. Mixaylovning «Bahor sog’inchi» spektakli bo’yicha navbatdagi repetitsiya jarayonlari o’tkazildi.