Бош сахифа

2025-yil 30-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrida o‘tkazilgan «Qorbobolar paradi» da ertak qahramonlari obrazlarini aks ettirgan holda ishtirok etishdi.

29-30 dekabr kunlari Yangi yil bayram dasturi doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida navbatdagi spektakl tomoshalari taqdim etilib, tashrif buyurgan aholi vakillariga bayramona kayfiyat ulashildi.

2025-yil 30-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Yangiariq tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram dasturi doirasida tadbirlarda teatrlashtirilgan chiqishlari bilan qatnashib, yangi yil bayramiga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

2025-yil 19-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida taniqli aktrisa Shukurjon Sapayevaning Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Teatr va kino studiyasi» ni tashkil etishiga bag‘ishlangan muhokama jarayonlari o‘tkazildi. Jarayonda teatr badiiy kengashi a’zolari va teatr jamoasi ishtirok etib, yangi loyiha bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirishdi.

2025-yil 17-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yil tomoshalari dasturiga kiritilgan «Yangi yil tilagi» spektaklining navbatdagi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.