Бош сахифа

2026-yil «15-aprel- Madaniyat va san’at xodimlar kuni»  munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahar Hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida bir qator soha vakillari Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori  Davronbek Atabayev va teatrning iqtidorli ijodkorlari Muxtorbek Masharipov hamda Dilshod Xudayarovlarning ham soha rivojidagi xizmatlari e’tirof etilib,  maxsus Tashakkurnomalar va sovg‘alar taqdim etildi.

2026-yil 14-15 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Urganch shahrining Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi. Shuningdek, mehmon o‘quvchi yoshlar teatrda an’anaga aylangan «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasidagi ekskursiya tadbirlarida ishtirok etishib, ijodkorlarning sahna orti ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2026-yil 13-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Urganch shahrining Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi. Shuningdek, mehmon o‘quvchi yoshlar teatrda an’anaga aylangan «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasidagi ekskursiya tadbirlarida ishtirok etishib, ijodkorlarning sahna orti ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2026-yil 11-13 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi 2026-yil 7-martdagi O‘RQ-1127-son Qonuni va ushbu Qonunning prezentatsiyasi huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.