Бош сахифа

2026-yil 20-aprel kuni Xorazm viloyatiga ijodiy gastrol safari bilan tashrif buyurgan Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar Xiva shahar MMTB tasarufidagi ta’lim tashkilotlarida spektakllar namoyishini o’tkazishadi.

2026-yil 20- aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Urganch shahrining Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi. Shuningdek,  mehmon o‘quvchi yoshlar teatrda an’anaga aylangan «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasidagi ekskursiya tadbirlarida ishtirok etishib,  ijodkorlarning sahna orti ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2026-yil 16-17 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Urganch shahridagi Nihol nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari hamda Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari uchun teatr repertuaridagi Yu.Sahmanning «Ming bir kecha tushlariga sayohat» spektakli namoyish etildi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2026-yil II-chorak repertuar rejasida belgilangan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» spektaklining o‘qish (chitka)  jarayonlari qizg‘in tarzda davom ettirilmoqda.

2026-yil «15-aprel-Madaniyat va san’at xodimlari kuni»Poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri oliy toifali aktyori Xursandbek Saipov madaniyat vazirligi tomonidan «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jamoadoshimizni yuksak e’tirof namunasi bilan qutlaymiz!