2026-yil 20-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Xiva shahridagi 97-son Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar maktab internati o‘quvchilari tashrif buyurib, teatr tomosha zalida «Quvnoq tomosha» spektaklini tomosha qilishdi. Spektakl beg‘araz hayriya tarzida taqdim etildi.

Teatrda doimiy an’ana asosida navbatdagi vokal bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, unga teatrning barcha ijodiy xodimlari jalb qilindi.

2026-yil 18-may kuni Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining «Xorazm musiqachiligi oyligi» ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 14-may 2026-yildagi 36-sonli buyrug‘i ilovasidagi reja-jadvalga binoan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida «Milliy cholg‘ular jilosi» nomi ostida ko‘rgazma va jonli ijrolar tashkil qilindi. Unda ko‘p yillik ijodiy tajribaga ega san’atkor Oybek Ibrohimov ijrosida Xorazm milliy musiqachiligiga oid mumtoz taronalar ijro etildi. Shuningdek, milliy cholg‘ularimiz vositasida sozandalar tomonidan musiqiy kompozitsiyalar taqdim qilindi.

2026-yil 21-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida Xon va saroy a’yonlʼarining yurishi hamda Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish etgan holda xorijlik mehmonlardan iborat delegatsiya vakillarini tantanali kutib olish tadbirida qatnashishdi.

2026-yil 21-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva tumani 14-son MTTdan tashrif buyurgan bolajonlar uchun repertuardagi «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektakli namoyish etildi.
