2026-yil 17-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri bir guruh ijodkorlari tashrif buyurib «It bo‘lgim kelmaydi» nomli spektaklni namoyish etishdi.
Mazkur tomoshada Xiva shahridagi Alpomish oromgohida dam oluvchi bolajonlar hamda Xiva tumanidagi oilaviy MTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

@Xorazmkukol
2026-yil 16-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi MTTga tashrif buyurib «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol
Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining «Xorazm musiqachiligi oyligi» ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 14-may 2026-yildagi 36-sonli buyrug‘i ilovasidagi reja-jadvalga binoan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan Xiva shahridagi Arda Xiva turistik markazida «Folklor kechasi» konsert dasturi tashkil etildi. Unda Xorazm folklorining eng sara namunalari ijro etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 23-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalinda Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 21-may- Payshanba kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Navbatdagi tadbir » Yosh xotin-qizlar va ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kuni» doirasida o‘tkazildi. Mazkur tadbir davomida yuqoridagi dolzarb mavzu yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi, shuningdek, jamoaviy tarzda mavzuga oid kuy qo‘shiqlar ijro qilindi.
Quyidagi havola orqali Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijtimoiy sahifalarida kuzatib boring.
