Бош сахифа

2026-yil 7-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Qo‘shko‘pir tumanidagi «Xumo» bolalar oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar uchun teatr repertuaridagi «Malikaning alifbosi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2026-yil 23-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat teatrlari va teatr studiyalari faoliyati bo’yicha ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhi a’zolari ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Aka-Uka Grim ertaklari asosidagi rejissyor Otanazar Rahimov tomonidan sahnalashtirilgan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» hamda Jengiz O‘zek tomonidan sahnalashtirilgan «Sehrli chiroq» spektakllarining ko‘rigi va muhokamasi o‘tkazilib ikkala spektakl ham ekspertlar tomonidan ma’qullanib premyeraga ruxsat berildi.

@Xorazmkukol

2026-yil II chorakka belgilangan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» spektakli repetitsiya jarayonlari qizg‘in ketmoqda.

 

@Xorazmkukol

17-iyun kuni teatr yoshlar yetakchisi  Zulfizar Shonazarova tomonidan  Xiva shahrining Arda Xiva turistik markazida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida maxsus fleshmoblar va boshqa targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Unda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari va sog‘lom turmush tarzining fazilatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berilib, yoshlar ogohlikka da’vat etildi. Arda Xiva turistik markaziga tashrif buyurgan mahalliy aholi hamda mehmonlarda mazkur fleshmob tadbirlari katta taassurot qoldirdi. Qolaversa sog‘lom turmush tarzini turli xil o‘yinlar ham o‘tkazildi.

@Xorazmkukol

Madaniayat vazirligining 2026-yil 12-iyundagi 03-11-21-2097-sonli xati ilovasidagi iyun-avgust oylari payshanba-“Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar REJA-GRAFIGIning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori v.v.b S.Djumaniyozov tizim xodim bo‘lmagan yoshlar hamrohligida Xiva shahrining Ichan Qal’a mahallasida keksalar, nogironlar va yolg‘iz yashovchilarga yordam beruvchi yagona ko‘ngillilk aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya doirasida yuqoridagi mahallada istiqomat qiluvchi pensioner keksa onaxon Sapayeva Sarobibining holidan habar olishdi.

Shuningdek, teatrda rahbar boshchiligida Madaniyat vazirligining 03-11-21-2097-sonli xatidan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida tadbir tashkil etildi.Tadbirda Yoshlar kuni doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar REJA-GRAFIGIdagi 3-bandda qayd etilgan Volontyorlik madaniyatini shaklantirish kuni amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kengashib olindi.

@Xorazmkukol