#Xalqaro Gastrol
Bugun 22-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakili D. Akramov boshchiligidagi delegatsiya bilan 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalida ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasiga yetib borishdi. Shu kunning o‘zida festival dasturi bilan tanishish jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur nufuzli festival ishtirokchilari hisoblangan Meksikaning Banyan Marionetas teatr rahbari Diego Ugalde hamda Turkiyaning Qorago‘z soya teatri rahbari Jengiz O‘zek bilan uchrashuv o‘tkazildi. Jarayon o‘zaro manfaatli suhbat va tajriba almashish tarzida tashkil qilindi.

@Xorazmkukol
#Xalqaro Gastrol
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari 2026-yil 22-iyul kuni Turkiya Respublikasi Buyukcekmece shahrida o’tkaziladigan 27-Buyukcekmece Xalqaro festivalida ishtirok etish uchun safarga chiqishmoqda. Ijodkorlarga xalqaro sahnada ulkan zafarlar quchishlariga tilakdoshmiz!

@Xorazmkukol
2026-yil 11-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Urganch tumani va Xonqa tumanidagi bolalar oromgohlaridan tashrif buyurgan bolalar va o‘smirlar uchun teatr repartuaridagi «Karvon saroy» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 10-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva tumanidagi » Xiva Gulshan» bolalar oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar uchun teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 8-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi “Alpomish” bolalar oromgohida dam oluvchi o‘quvchi bolalar va o‘smirlar uchun teatr repertuaridagi “Xiva lazgisi” spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol