#Xalqarofestival
Turkiya Respublikasida o‘tkazilayotgan 27 — Xalqaro Istanbul Buyukcekmece festivali doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari oltmishdan ortiq qatnashchi davlat vakillari bilan birgalikda Kema Tur tadbirlarida ishtirok etib, dengiz bo‘ylab diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi.
@Xorazmkukol

Yozgi ta’til vaqtida umum ta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar, mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektallar va teatrlashtirilgan tomoshalar REJA-JADVALI ga asosan 2026-yil 25 va 27-iyul kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xonqa tumanidagi “Jayhun quyoshi” hamda Urganch tumanidagi “Al-Xorazmiy” bolalar oromgohlarida hordiq chiqarayotgan o‘smirlar va bolalar uchun teatr repertuaridagi Yu. Allaberganovning “Xiva Lazgisi” spektakli namoyish etilib, tomoshalarga jami 340 nafar tomoshabin jalb qilindi.
@Xorazmkukol
#Xalqarofestival
Xalqaro Istanbul Buyukcekmece Madaniyat va San’at Festivali doirasida 4-kungi tadbirlar ham maroqli va qiziqarli o’tdi. 62 ta davlatdan 650 ga yaqin san’atkor ishtirok etayotgan nufuzli festivalda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri milliy liboslarda milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi tomoshalarni taqdim etmoqda. Jumladan, qo’chqor urishtirish, xo’roz urishtirish kabi xalq o’yinlari va Tannozxon chiqishlari tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi. 2026-yil 26-iyul kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining festivalda ishtirok etgan bir guruh ijodkorlari e’tirof namunasi sifatida maxsus statuetkalar bilan taqdirlanishdi.
@Xorazmkukol

#Xalqarofestival
Festivalning ikkinchi kunida Turkiyaning Qorago‘z soya teatri xamda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining navbatdagi spektakli namoyishlari taqdim etildi. Shuningdek, Turkiya Respublikasining diqqatga sazovor maskanlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
@Xorazmkukol

#Xalqaro festival
Bugun 23-iyul kuni Turkiya Respublikasida 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalining ilk kunida mahalliy ishtirokchilardan Turkiyaning Qorago‘z soya teatrining spektakl namoyishi keng tomoshabinlar ommasiga taqdim etildi. Spektakl namoyishidan so‘ng mazkur teatr rahbari Jengiz O‘zek har bir tomoshabin, jumladan bolalar bilan alohida jonli muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, festivalning barcha qatnashchilari, xususan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ham delegatsiya rahbari bilan birgalikda «Festival tarixi» muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi. Jarayon taassurotlarga boy bo‘ldi. Kun tartibiga ko‘ra kechga yaqin Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining festivaldagi chiqishi kutilmoqda. Unda O‘zbekona milliy urf- odat va an’analar aks etgan Lazgi raqsi to‘g‘risidagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etiladi.

@Xorazmkukol