Teatr repertuar rejasining II chogariga belgilangan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» spektaklini sahnalashtirish jarayonlari bo‘yicha teatr sahnalashtirish bo‘limida qizg‘in ish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Teatr repertuar rejasining II chogariga belgilangan «Oppog‘oy va uning do‘stlari» spektaklini sahnalashtirish jarayonlari bo‘yicha teatr sahnalashtirish bo‘limida qizg‘in ish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2026-yil 12-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahrining Ichan Qal’a majmuasiga tashrif buyurgan blogerlar va jurnalistlardan iborat mehmonlarni kutib olish tadbirida teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etishdi.

2026-yil 8-9 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida muntazam namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalar dasturi doirasida Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari, «Javohir» folklor guruhi konserti, Xon va saroy a’yonlarining yurishi va repertuardagi spektakllardan parchalar taqdim etgan holda xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2026-yil 9-10 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Urganch shahridan tashrif buyurgan «Nihol» nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr mas’ul hodimlari boshchiligida «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasida ekskursiya tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur o‘quvchilar uchun teatr tomosha zalida «Laylak va qo‘riqchi» hamda «Afandi hangomalari» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 9-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Quvnoq tomosha» hamda «Quvnoq ayiqchalar» spektakllarini namoyish etishdi.
