Бош сахифа

2026-yil 6-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatning eng chekka hududlaridan biri — Tuproqqal’a tumani bo‘ylab ijodiy safarlari davomida tuman MMTB ga qarashli ta’lim-tarbiya maskanlarida spektakl namoyishlarini taqdim etishdi.

2026-yil 3–4 aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Urganch shahridan tashrif buyurgan «Nihol» nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr mas’ul hodimlari boshchiligida «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasida ekskursiya tadbirlari tashkil etildi. Mazkur jarayonda o‘quvchi yoshlar teatr ijodiy faoliyati va sahna orti jarayonlari to‘g‘risida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishdi.

2026-yil 3-4 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalinda Urganch shahridan tashrif buyurgan «Nihol» nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Laylak va Qo‘riqchi» hamda «Afandi hangomalari» spektakllari namoyish etildi.

2026-yil 2-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Ichan qal’a hududi bo‘ylab «Xon va saroy a’yonlarining yurishi» hamda «Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari» ni namoyish etgan holda tarixiy maskanga tashrif buyurgan Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya vakillarini tantanali kutib olish tadbirida ishtirok etishdi.